AQSh Vakillar palatasi a’zosi va Viskonsin shtatidan Respublikachilar partiyasidan gubernatorlikka nomzod Tom Tiffani o‘zi borayotgan samolyot elektr uzilib qolgandan keyin ko‘lga favqulodda qo‘nganini ma’lum qildi.
Siyosatchi bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Men uchayotgan samolyot Uoso aeroportiga yaqinlashayotganda elektr uzilib qoldi. Uchuvchi Uoso ko‘liga favqulodda qo‘ndi. Samolyot cho‘ka boshlagan zahoti, biz samolyotni tashlab, sayoz suvga suzib ketdik va u yerda qutqaruvchilarni kutdik", deb yozgan Tiffani.
Hodisadan so‘ng, siyosatchi va uchuvchi mahalliy kasalxonaga olib ketildi. Ikkalasi ham yengil jarohatlar oldi.