AQSh mamlakatning raketaga qarshi mudofaa salohiyatini kuchaytirish maqsadida Texas shtatidan Isroilga qo‘shimcha «Patriot» zenit-raketa majmuasini jo‘natishga qaror qildi.
The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi xabar berishicha, bu haqda manbalar ma’lum qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining yana bir avianoses zarba berish guruhini Yaqin Sharqqa yuborish ham rejalashtirilgan. Ushbu guruh mintaqada allaqachon bo‘lib turgan AQShning 20 ta harbiy kemasiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Vashington Eronga qarshi harbiy harakatlar qayta boshlangan taqdirda tayyor turish uchun Yaqin Sharqdagi harbiy hozirligini kuchaytirmoqda.
Gazeta manbalari AQSh ma’muriyati mojaro qayta avj olgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan turli harakatlar variantlarini ko‘rib chiqayotganini ta’kidlagan.