Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Isroilga qarshi choralarni ko‘rib chiqmoqda

AQSh Isroilga qarshi choralarni ko‘rib chiqmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘arbiy sohilda isroillik ko‘chmanchilarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi sabab Isroilga qarshi choralar ko‘rish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Haaretz gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ma’muriyati jiddiy qoidabuzarliklarda ayblanayotgan SAHAL bo‘linmalariga nisbatan cheklovlar joriy etish, shuningdek, Amerikada ishlab chiqarilgan qurollardan foydalanishga cheklov qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, AQSh ko‘chmanchilar tomonidan amalga oshirilgan hujumlarga ko‘z yumganlikda ayblanayotgan isroillik harbiylar va polisiya xodimlarini «qora ro‘yxat»ga kiritishi mumkin.

Amerika rasmiylari vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy choralar Isroil va AQShdagi saylovlar yakunlanguniga qadar kechiktirilishi mumkin.

Kiritildi: 13:33 03.10.2026. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!