AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ushbu masala muhokamasida faol ishtirok etmoqda. U bir necha kun oldin fuqarolik kuzatuv missiyasini tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan.
Ehtimoliy namuna sifatida Misrning Sinay yarimorolida faoliyat yuritayotgan Ko‘p millatli kuchlar va kuzatuvchilar (MFO) mexanizmi ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, AQSh Yevropa hamkorlari, xususan, Fransiya va Italiya bilan ham maslahatlashuvlar olib bormoqda.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts 17–18 noyabr kunlari Livanga tashrif buyurishni rejalashtirgan. U tashrif davomida mamlakat prezidenti Jozef Aun, bosh vazir Navaf Salam va parlament spikeri Nabih Berri bilan uchrashishi kutilmoqda.