Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh hukumati Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda

AQSh hukumati Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasiga (RFPI) nisbatan sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

The New York Times (NYT) nashri xabar berishicha, bu haqda muzokaralardan xabardor manbalar ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Vashington jamg‘armaning sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi arizasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqmoqda. Sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilish uchun jamg‘arma unga nisbatan dastlab cheklovlar joriy etilishiga asos bo‘lgan sabablar endi mavjud emasligini isbotlashi kerak.

Manbaga ko‘ra, mazkur chora Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash hamda Rossiya—Ukraina mojarosini hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Rossiya dizel yoqilg‘isini AQSh va jahon bozorlariga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi.

Shu kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiya dizel yoqilg‘isi bilan bog‘liq operasiyalarni 2027 yil 7 aprelga qadar amalga oshirishga ruxsat beruvchi umumiy lisenziyani e’lon qildi.

Ko‘p o‘tmay, AQSh Moliya vazirligining iltimosiga ko‘ra, mazkur kelishuvni amalga oshirish jarayoniga Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi ham jalb etilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!