Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Hindistonning to‘rt kompaniyasiga nisbatan Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Hindistonning to‘rt kompaniyasiga nisbatan Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqadorlikda gumon qilinib sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Hindistonning to‘rtta kompaniyasiga nisbatan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.

Sanksiyalar ro‘yxatidan RRG Engineering Technologies Private Limited, Lokesh Machines Limited, Galaxy Bearings Ltd va Shaurya Aeronautics Private Limited chiqarildi.

Mazkur qaror ushbu kompaniyalar AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC)ning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan qariyb ikki yil o‘tgach qabul qilindi.

2024 yilda OFAC Rossiya hukumatiga sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashganlikda ayblab, Hindistonning 19 ta tashkiloti va ikki nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Shundan so‘ng Hindiston hukumati ushbu masala yuzasidan AQSh bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan.

Hindustan Times ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalardan chiqarilgan Lokesh Machines Limited kompaniyasining mijozlari qatorida AQShning John Deere va Cummins, Shvesiyaning Volvo, shuningdek Yaponiyaning Honda va Suzuki kabi yirik kompaniyalari bor.

Kiritildi: 17:31 01.07.2026. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!