Shuningdek, qo‘lga olingan kemadagi yukni musodara qilgan, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
"Mazkur amaliyotning maqsadi Tehronga o‘z harbiy arsenalini to‘ldirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan. Kema Shri-Lanka qirg‘oqlaridan bir necha yuz kilometr uzoqlikda to‘xtatilgan, shundan so‘ng yuk musodara qilingan", deya yozmoqda The Wall Street Journal.
Avvalroq, Tramp AQSh harbiylari Venesuela sohillarida neft tankerini qo‘lga olganini va musodara qilganini malum qilgan edi. O‘shanda jurnalistning neftni nima qilasiz degan savoliga Tramp "neftni o‘zimizda qoldiramiz", deya javob bergan edi.