Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh harbiylari nafaqat Yer orbitasida, balki Oy atrofida ham jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishi kerak

AQSh harbiylari nafaqat Yer orbitasida, balki Oy atrofida ham jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishi kerak
Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Den Keyn ma’lum qildi. Keyn bu bayonotni AQSh ilk bor kosmik qurolni orbitaga chiqarganini ma’lum qilganidan bir necha kun o‘tib berdi. AQShning yana bir yuqori martabali harbiy qo‘mondoni, Kosmik kuchlarning Jangovar kuchlar qo‘mondonligiga rahbarlik qilayotgan general-leytenant Gregori Ganyon bu tayyorgarlikni “potensial raqiblar”, birinchi navbatda, Xitoyning harakatlari bilan izohladi. Xitoy esa 2024 yilda inqirozli vaziyatlarga javob berish uchun o‘zining harbiy-kosmik bo‘linmalarini tashkil etgan. Amerika qurollarining koinotga chiqarilishiga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin “kosmik fazoda qurollarni joylashtirish, harbiylashtirish va qurollanish poygasiga qarshi” ekanini bildirgan.
Kiritildi: Bugun 14:07. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!