"AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining boshqariladigan raketalarga ega kemalari “Ozodlik loyihasi” (Project Liberty) amaliyoti doirasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tib, Fors ko‘rfazida harakatlanishni boshladi. AQSh qo‘shinlari hududda savdo kemalari tranzitini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarga faol ko‘maklashmoqda.
Birinchi qadam sifatida, AQSh bayrog‘i ostidagi ikkita savdo kemasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan muvaffaqiyatli o‘tdi va o‘z yo‘lini xavfsiz davom ettirmoqda", deya xabar berdi AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarga yordam berish maqsadida “Ozodlik loyihasi” amaliyoti boshlanishini e’lon qilgan edi.
CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini tiklash amaliyotiga raketa esmineslaridan tashqari 100 dan ortiq samolyot, 15 ming nafar harbiy hamda dronlar jalb qilingan.