Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh federal sudi Tramp ma’muriyati tomonidan H-1B vizalari uchun joriy qilingan 100 ming dollarlik to‘lovni noqonuniy deb topdi

AQSh federal sudi Tramp ma’muriyati tomonidan H-1B vizalari uchun joriy qilingan 100 ming dollarlik to‘lovni noqonuniy deb topdi

CBS News xabariga ko‘ra, hududiy sud ushbu choraga qarshi chiqqan 20 ta shtatning da’vosini qanoatlantirgan.

Sud qarorida aytilishicha, ma’muriyat o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilib, Kongress tasdig‘isiz viza olish uchun amalda "soliq" joriy etgan.

Ichki xavfsizlik vazirligi sudning bu qarorini tanqid ostiga olib, uni "sud faolligi" deb atadi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, to‘lovlarning oshirilishi amerikalik ishchi kuchini himoya qilish va dasturning shaffofligini oshirishga qaratilgan edi.

Ma’lumot uchun, H-1B viza dasturi kompaniyalarga tor sohalar bo‘yicha xorijlik mutaxassislarni ishga olish imkonini beradi. Ish beruvchilar uchun odatiy to‘lovlar odatda 1,7 ming dollardan 4,5 ming dollargacha bo‘lgan. Tramp tomonidan o‘tgan yilning sentyabr oyida imzolangan farmoni esa Qo‘shma Shtatlardan tashqarida yashovchi barcha yangi talabgorlar uchun 100 ming dollarlik qo‘shimcha to‘lovni majburiy qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!