Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Yevropa va boshqa davlatlar aholisiga o‘z mamlakatlarida bloklangan kontentni ko‘rish imkonini beruvchi portalni ishlab chiqmoqda — Reuters

 AQSh Yevropa va boshqa davlatlar aholisiga o‘z mamlakatlarida bloklangan kontentni ko‘rish imkonini beruvchi portalni ishlab chiqmoqda — Reuters

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bunday resurslarni freedom gov manzilida joylashtirish rejalashtirilgan. Platforma orqali Yevropa va boshqa davlatlar aholisi milliy kontent cheklovlarini chetlab o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Reuters manbalaridan birining aytishicha, foydalanuvchi trafigini VPN texnologiyalari yordamida Qo‘shma Shtatlardan chiqayotgan kabi ko‘rsatish masalasi ham muhokama qilingan. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylari portal foydalanuvchilarining faoliyatini kuzatishni rejalashtirmayapti.

Loyihaga AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Sara Rojers rahbarlik qilmoqda. Tashabbusni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida taqdim etish rejalashtirilgan, biroq taqdimot noma’lum muddatga qoldirilgan.

AQSh Davlat departamenti ichida mazkur g‘oya bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Ayrim xodimlar platforma orqali “ekstremistik” yoki “nafrat qo‘zg‘atuvchi” deb topilgan materiallardan ham foydalanish imkoni paydo bo‘lishidan xavotir bildirmoqda.

Reuters'ning baholashicha, ushbu portalning ishga tushirilishi AQSh va Yevropadagi ittifoqchilar o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirishi, shuningdek, Vashington Yevropa Ittifoqi fuqarolarini mahalliy qonunchilikni chetlab o‘tishga undayotgandek taassurot qoldirishi mumkin.

Kiritildi: 22:05 19.02.2026. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!