Dushanba kuni tongda AQSh harbiylari Erondagi nishonlarga qarshi yangi hujumlar seriyasini boshladi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
"Yakshanba kuni Sharqiy vaqt bilan soat 17:00 da CENTCOM bo‘linmalari Eronning Hormuz bo‘g‘ozidan erkin o‘tayotgan savdo kemalari va tinch aholiga zarba berish qobiliyatini yanada buzish uchun qo‘shimcha hujumlarni boshladi. Buyruq Oliy qo‘mondondan kelgan", deyiladi nashrda.