Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar Eron bilan urush boshlangandan beri MQ-9 Reaper turidagi razvedka va zarba beruvchi dronlarining 20 foizigacha qismini yo‘qotgan, deya xabar bermoqda agentlik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon AQSh kamida 24 ta, ehtimol 30 tagacha MQ-9 dronidan ayrilgan. Bunga urib tushirilgan hamda shikastlanish sababli xizmatdan chiqarilgan apparatlar ham kiradi.
Har bir MQ-9 Reaper droni taxminan 30 million dollar turadi, shu sababli umumiy zarar maksimal hisobda 1 milliard dollarga yaqinlashadi.
MQ-9 Reaper – razvedka va kuzatuv uchun ishlatiladigan, shuningdek raketa va boshqariladigan bomba olib yurishga qodir dron hisoblanadi.