Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Tramp ma’muriyati NATO bo‘yicha ittifoqchilarini auditdan o‘tkazib, Eron bilan ziddiyatda yetarlicha yordam bermagani uchun qaysi mamlakatlarga nisbatan chora ko‘rish mumkinligini aniqlashni rejalashtirmoqda.
"Ehtimoliy choralar qatorida ushbu davlatlardan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish ham bor. Yevropalik ittifoqchilar bunday qadamlar Vashingtonning alyansdan chiqib ketishiga muqobil yechim bo‘ladi, degan fikrda", deya yozmoqda The Times.