Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning anneksiya qilingan Luganskdagi yotoqxonaga bergan zarbasiga javoban, Rossiya Qurolli kuchlari Kiyevdagi mudofaa korxonalari, “qaror qabul qilish markazlari” va qo‘mondonlik punktlariga zarbalar berilishi haqida tahdidli bayonot e’lon qildi.
TIV xorijliklarni, jumladan diplomatlarni “imkon qadar tezroq” Kiyevni tark etishga, shahar aholisini esa “Zelenskiy rejimining harbiy va ma’muriy infratuzilma ob’ektlariga yaqinlashmaslikka” chaqirdi.
Rossiya armiyasi 24 mayga o‘tar kechasi Ukrainaga keng qamrovli hujum uyishtirdi, unda jumladan “Oreshnik” majmuasining ballistik raketalaridan ham foydalanildi.
Ushbu hujum oqibatida turar joy binolari, savdo markazlari, muzeylar va madaniyat muassasalari shikastlandi. Ikki kishi halok bo‘ldi, 81 kishi jarohatlandi.
Ukraina Qurolli kuchlari 22 mayga o‘tar kechasi Luganskdagi Starobelsk shahriga zarba bergan edi. Rossiya zarba pedagogika kolleji yotoqxonasiga tekkani va 21 kishi halok bo‘lganini da’vo qildi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi esa Starobelsk hududida o‘q-dorilar omborlari, havo mudofaasi vositalari, boshqaruv punktlari va Rossiya armiyasining shtablaridan biriga zarba berilganini ma’lum qildi.