Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Bahodir Jalolov Richard Torresni nokautga uchratgan Frenk Sanchesni jangga chorladi!

Bahodir Jalolov Richard Torresni nokautga uchratgan Frenk Sanchesni jangga chorladi!

Super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov kubalik Frenk Sanches bilan jang qilish istagini bildirdi.

33 yashar Sanches 23 may kuni Misrning Giza shahri mezbonlik qilgan professional boks oqshomida AQSh vakili Richard Torresni ikkinchi raundda chuqur nokautga uchratib, faoliyatidagi 26-g‘alabasini nishonlagan edi.

Hamyurtimiz mazkur jang haqida o‘z fikrini bildirar ekan, Frenk bilan jang qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

"Frenk Sanches va Richard Torres o‘rtasidagi jangni tomosha qildim. Boksda og‘ir vazn toifasi shunday — birgina zarba hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Agar Frenk Sanches jang qilishni istasa — men tayyorman", deb yozgan Jalolov.

31 yoshli Bahodir prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 23:46 25.05.2026. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!