"Rossiya jang maydonida boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, shu sababli u shahar markazlariga maqsadli zarbalar berib, Ukrainaga hujum uyushtirmoqda. Bu imkon qadar ko‘proq tinch aholini o‘ldirishga qaratilgan jirkanch terrorchilik harakatlaridir", — deb yozdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida Ukrainaga berilgan tungi zarbalarni izohlar ekan.
DW'ning yozishicha, Kallas Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev viloyatining Belaya Serkov shahriga qarata uchirgan o‘rta masofali "Oreshnik" ballistik raketalari aslida yadro jangovor qismlarini tashish uchun yaratilganiga e’tibor qaratdi. Shu sababli, ularni qo‘llash "qo‘rqitish taktikasi va yadroviy urush yoqasidagi o‘ylanmay qilingan o‘yin" hisoblanadi.
Kelgusi haftada Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga bosimni qanday kuchaytirishni muhokama qilishadi, deya qo‘shimcha qildi Kaya Kallas.