Tehronda ushbu operasiya “yashirin imkoniyatlar”ga ega bo‘lgan yangi “Arash-e Kamangir” havo mudofaa tizimi qo‘llangan holda amalga oshirilgani ta’kidlangan. Eron rasmiy shaxslari ushbu hodisani “aniq signal” deb atab, bundan buyon “hech qanday kam ko‘rinadigan dron Fors ko‘rfazi osmoniga kirib ololmasligi”ni bayon qilgan.
Yangi tizimning texnik xarakteristikalari hozircha ochiqlanmayapti.