Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Eron va AQSh o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv yakunlanish arafasida ekanini ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, bu haqda Pokiston armiyasi qo‘mondoni Osim Munir Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv chog‘ida aytgan.
Uchrashuvdan so‘ng Xitoy TIV bayonotida: “Munir AQSh va Eron o‘rtasidagi vositachilikda erishilgan so‘nggi yutuqlar haqida gapirib, tomonlar kelishuvga yaqinlashganini bildirdi”, deyilgan.
Shuningdek, Pokiston tomoni mintaqada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I esa Pokistonni barcha tomonlar ishonadigan malakali vositachi sifatida baholagan.