Davlat departamenti Marokashga 825 million dollarlik Stinger raketalarini sotish imkoniyatini maqulladi.
Bu haqda Pentagonning hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha harbiy texnika va qurollarni xorijga yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan Xavfsizlik sohasida hamkorlik agentligi ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishicha, Marokash hukumati avvalroq Qo‘shma Shtatlardan 600 tagacha FIM-92K Stinger Block I raketalarini hamda tegishli logistika yordamini so‘ragan.
"Taklif etilayotgan sotuv NATOga a’zo bo‘lmagan asosiy ittifoqchining mudofaasini kuchaytirishga yordam berish orqali AQSh tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi agentlik.
Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti Filippinga TN-73A o‘quv vertolyotlarini 120 million dollarga sotishni ma’qulladi. Ularning soni noma’lum. Filippin hukumati AQShdan turli vertolyot tizimlari va ehtiyot qismlarini ham sotib olmoqchi.