Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh demokratlari Kanada tovarlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qilishga urinadi

AQSh demokratlari Kanada tovarlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qilishga urinadi

AQSh Demokratik partiyasi vakillari Kanada tovarlariga joriy etilgan bojlarni bekor qilish bo‘yicha ovoz berish orqali respublikachilarning bir qismini ham o‘z tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal senator Ron Uaydenga tayanib xabar berdi.

Uaydenning aytishicha, Kanada tovarlariga bojlarni bekor qilish taklifi keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Demokratlar shu orqali prezident vetosini bekor qilish uchun yetarli ovoz to‘plash va Kanada bilan savdo aloqalari kuchli bo‘lgan shtatlardan saylangan respublikachilarni ham o‘z tomoniga og‘dirishni ko‘zlamoqda.

Kiritildi: Bugun 12:23. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik