Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

AQSh davlat kotibi 2026 yil oxirida Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurishini ma’lum qildi

AQSh davlat kotibi 2026 yil oxirida Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurishini ma’lum qildi

Kongress Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi tinglovlarda Marko Rubio prezident Donald Tramp ma’muriyati AQShning Markaziy Osiyo respublikalari bilan savdosidagi cheklov hisoblangan Jekson–Venik tuzatishini Amerika qonunchilik organi tomonidan bekor qilinishi tarafdori ekanini tasdiqladi.

"Biz buni foydali deb hisoblaymiz. Biz mintaqada C5+1 (AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati) formatida uchrashuv o‘tkazmoqchimiz va men joriy yil oxirida u yerga boraman", — dedi AQSh Davlat departamenti rahbari.

Ma’lumot uchun, C5+1 bu AQShning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan birgalikdagi hamkorlik mexanizmi. Vashington undan taxminan 2015 yildan beri foydalanib keladi.

Kiritildi: 23:23 04.06.2026. O'qildi: 164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!