Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi ehtimoliy operasiyaga tayyorgarlik ishlarini yakunlash arafasida turibdi. Biroq, ma’muriyat hozirda keyingi qadamlarni ko‘rib chiqayotgani sababli, hali yakuniy buyruq berilgani yo‘q.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uyda chorshanba va payshanba kunlari ushbu mavzu bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lib o‘tgan.
Yuqori martabali rasmiylarning telekanalga bildirishicha, «9-noyabr kuni Yaqin Sharqda yangi oy davri boshlanadi — ya’ni oy nuri deyarli bo‘lmaydi, — bu esa harbiy amaliyotlarni o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratadi».
Bundan tashqari, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) jangovar harakatlarni qayta boshlashga tayyorgarlikni yakunlamoqda, biroq hali yangi ko‘rsatmalar olmagan.