Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

APLning ikki yulduzi Saudiyaga ketadi

APLning ikki yulduzi Saudiyaga ketadi

Yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni ligasi bir qator yulduz futbolchilarni qabul qilib olishi ma’lum bo‘ldi.

"The Touchline" nashrining xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasining nomi ochiqlanmagan, "juda yirik ikki futbolchisi" Arab futbolida faoliyatini davom ettiradi. Gap aynan qaysi futbolchilar haqida ketayotganiga keltirilmagan. Ko‘plab muxlislar izohlarda ulardan biri "Liverpul"ning misrlik forvardi Muhammad Saloh bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, ushbu futbolchilarning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqidagi e’lonlar Jahon chempionati boshlanishidan oldin berilishi mumkin. Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu, Benzema, Mane kabi kabi darajadagi futbolchilar to‘p surib kelmoqda.

Kiritildi: 23:50 24.02.2026. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!