Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

APL. “Manchester Siti” Xolandning dubli evaziga “Everton”ni mag‘lub etdi

APL. “Manchester Siti” Xolandning dubli evaziga “Everton”ni mag‘lub etdi

Angliya Premyer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Everton” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Bellashuvda “shaharliklar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Erling Xoland uchrashuvning 58-daqiqasida hisobni ochdi, 63-daqiqada esa dubl rasmiylashtirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 16 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Everton” esa 11 ochko bilan 10-pog‘onada joylashgan.

Kelasi turda “shaharliklar” 26 oktyabr kuni safarda “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi. “Everton” esa shu kuni o‘z maydonida “Tottenxem Xotspur”ni qabul qiladi.

Angliya — Premyer-liga. 8-tur
2025 yil 18 oktyabr, shanba.
Manchester Siti (Manchester) - Everton (Liverpul) - 2:0
Gollar: 1:0 — Xoland (58'), 2:0 — Xoland (63')

Kiritildi: 23:45 18.10.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!