Angliya Premyer-ligasi 17-tur o‘yinida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Shaharliklar" safida Erling Xoland dubl qayd etdi. Yana bir gol Tidjani Reynders hisobiga yozildi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
"Siti" 37 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bir zaxira o‘yini bor bo‘lgan "Arsenal" hisobida 36 ochko bor.
"Vest Xem" 13 ochko bilan 18-pog‘onada.
APL. 17-tur
20 dekabr, 20:00. «Etixad»
Manchester Siti - Vest Xem - 3:0
Gollar: Xoland, 5 (1:0). Reynders, 38 (2:0). Xoland, 69 (3:0)
Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Mateus Nunes, Gonsales (Husanov, 67), Reynders (Lyuis, 67), Bernardu Silva (Mukasa, 75), Sherki (Savio, 67), Foden, Xoland
Vest Xem: Areola, Kilman, Todibo, Uoker-Piters, Magassa, Potts (Mavropanos, 79), Skarlz (Mayers, 64), Fernandesh (Rodriges, 79), Sammervill (Uilson, 79), Lukas Paketa (Souchek, 78), Bouen
Ogohlantirishlar: Gonsales, 28 - Bouen, 41