Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

APL. "Arsenal" London derbisida "Chelsi"ni mag‘lub etdi

APL. "Arsenal" London derbisida "Chelsi"ni mag‘lub etdi

Angliya Premyer-ligasi 2026/27 mavsumi 3-turidan o‘rin olgan "Arsenal" — "Chelsi" uchrashuvi yakunlandi. Londondagi "Emireyts" stadionida o‘tgan bahsda "kanonirlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni bosh hakam Kris Kavana boshqardi.

2-daqiqada Morgan Rojers hisobni ochib, "Chelsi"ni oldinga olib chiqdi.

12-daqiqada Rikkardo Kalafyori hisobni tenglashtirgan edi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi.

25-daqiqada Kay Haverts gol urib, tablodagi muvozanatni tikladi.

50-daqiqada Martin Edegor "Arsenal"ning ikkinchi golini urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu natijadan keyin "Arsenal" 9 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. "Chelsi" esa 6 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

Navbatdagi turda "Arsenal" 12 sentyabr kuni "Sanderlend"ga qarshi o‘ynaydi. "Chelsi" esa shu kuni "Xall Siti" bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:56 06.09.2026. O'qildi: 152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!