Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Angrenda qariyb 80 mln so‘mlik qalbaki pullarning muoamalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Angrenda qariyb 80 mln so‘mlik qalbaki pullarning muoamalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul tayyorlash va muomalaga kiritish bilan shug‘ullangan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Xususan, Angren shahrida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro o‘zining 1997 y.t. tanishi bilan til biriktirgan holda, shahardagi ko‘p qavatli uylardan birida joylashgan xonadonni ijaraga olib, qalbaki pul tayyorlashgan.

🔹 Ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu manzildan yarim tayyor holatdagi 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralardan iborat jami 79,8 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pul mablag‘lari, “EPSON” rusumli rangli printer va uning bo‘yoqlari, shuningdek, kantselyariya jihozlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Ta’kidlash lozim, mazkur shaxslar muqaddam sudlangan bo‘lsalarda, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!