Bodhana Sivanandan Chernogoriyadagi Yevropa klublar kubogida 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘arib, tarixdagi eng yosh ayol xalqaro sport ustasiga (IM) aylangan.
11 yoshu 7 oyligida ushbu natijaga erishgan sportchi afsonaviy Yudit Polgarning 1988 yildan buyon saqlanib kelayotgan rekordini ortda qoldirgan.
Shu tariqa, u mazkur unvon talablarini eng erta bajargan shaxmatchilarning umumiy ro‘yxatida 7-o‘rinni egallagan.
Undan oldingi — 6-o‘rindan esa 2017 yilda (11 yoshu 6 oyligida) xuddi shu natijani qayd etgan o‘zbekistonlik Javohir Sindarov joy olgan.
Ma’lumot uchun, Sivanandan sentyabr oyida Samarqandda o‘tgan Shaxmat olimpiadasida eng yosh ayol grossmeyster (WGM) unvoni talablarini ham bajargan edi.