Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Angliya Premyer-ligasida mavsumining eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi

Angliya Premyer-ligasida mavsumining eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi

“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh rasman APLning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Saloh 32 yoshida mavsumdagi 37 ta o‘yinda 28 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Agar boshqa turnirlarni qo‘shib hisoblasak, u 33 ta gol va 23 ta golli uzatmaga ega.

Mavsum yakuniga ko‘ra, "Liverpul" muddatidan oldin Angliya chempioniga aylandi.

Muhammad "Liverpul"da roppa-rosa sakkiz yildan beri o‘ynab kelmoqda, u klubga 2017 yilning iyul oyida kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 19:25 24.05.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!