Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Angliya chempionati. «Man Siti» «Vulverxempton»ni mag‘lub etdi. Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazdi (VIDEO)

Angliya chempionati. «Man Siti» «Vulverxempton»ni mag‘lub etdi. Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazdi (VIDEO)

"Manchester Siti" o‘z maydonida APL 23-turidan o‘rin olgan bahsda "Vulverxempton"ni mag‘lub etdi - 2:0.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Omar Marmush hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida mezbonlar ustunligini Antuan Semenyo ikkitaga oshirdi. "Shaharliklar"ning yangi futbolchisi "Bornmut"dan o‘tganidan keyin to‘rtta o‘yinda uchinchi golini urdi.

Abduqodir Husanov "shaharliklar" himoya markazida Mark Gexi bilan ilk o‘yinida jamoasi darvozasini daxlsiz saqlab qolishga yordam berdi.

"Manchester Siti" (46) APLda ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Vulverxempton" (8) esa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallagan.

Manchester Siti - Vulverxempton - 2:0

Gollar: Marmush, 6 (1:0). Semenyo, 45 (2:0)

Manchester Siti: Donnarumma, O`Rayli, Gexi, Abduqodir Husanov, Mateus Nunes, Rodri, Sherki (Xoland, 73), Bernardu Silva, Reynders (Foden, 61), Semenyo, Marmush (Doku, 74)

Vulverxempton: Joze Sa, Kreychi, S. Bueno, Moskera, U. Bueno, Mane, Andre, Gomes, Chachua (Gomesh, 46), Xvan Xi Chxan (Arokodare, 71), Arias (Larsen, 46)

Ogohlantirishlar: Mateus Nunes, 71 - Andre, 57. Gomes, 67. Moskera, 88

Kiritildi: 23:45 24.01.2026. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!