Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijondagi maktabda o‘quvchilarga noma’lum tarkibdagi konfet tarqatilayotgani rost(mi)?

Andijondagi maktabda o‘quvchilarga noma’lum tarkibdagi konfet tarqatilayotgani rost(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlardagi maktabda o‘quvchilarga noma’lum tarkibdagi konfet tarqatilayotganligi haqida xabar yuzasidan malumot berildi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

IIV tomonidan aniqlanishicha, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi umumtalim maktabining 3-sinf o‘quvchisi X.M. (2015 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) mazkur hududda joylashgan savdo do‘konidan 1.000 so‘mga 3 dona "STRAWBERRY" nomli konfetni sotib olgan, so‘ng maktabga kelgan vaqtida sinfdoshi O.A. undan shirinlikni qayerdan olganligini so‘raganda, unga go‘yoki notanish shaxs berib ketganligini o‘ylab topib yolg‘on aytgan.

Maktab hamshirasi O.A. bolani gapidan xulosa qilib, ijtimoiy tarmoqlarga maktab atrofida "STRAWBERRY" nomli shubhali konfetni maktab o‘quvchilariga noma’lum shaxslar berganligi haqidagi haqqoniy bo‘lmagan xabarni tarqatgan.
Shuningdek, konfet iste’moli oqibatida bola nobud bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar ham mutlaqo haqiqatga ziddir.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, konfetning tarkibida inson sog‘lig‘iga zararli moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirgan.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda, bu borada qo‘shimcha axborot beriladi,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:36 26.03.2025. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!