Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

Shu yilning 4 iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi 1977 y.t. fuqaro D.A. turmush o‘rtog‘i 1982 y.t. M.D. bilan Andijon shahri O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayol olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi A.D.ni ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.

Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.

Hozirda gumonlanuvchi prosessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:31 05.07.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!