Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni qo‘lga tushdi

Andijonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida yakka tartibdagi tadbirkor X. B. ga qarashli savdo do‘koni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 772,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:00 02.10.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!