Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Andijonda 39 ming dollar talab qilgan bankir va mashinist ushlandi

Andijonda 39 ming dollar talab qilgan bankir va mashinist ushlandi

Davlat zaxirasidagi yerni olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi.

Andijon viloyati Marhamat tumanida faoliyat yurituvchi bank xizmatlari markazlaridan birining boshlig‘i va «Norin-Qoradaryo» irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi mashinisti o‘zaro til biriktirib, 1989 y.t. fuqaroning ishonchiga kirishgan. Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 24 sotix yer maydonining go‘yoki turar-joy toifasiga oid hujjatlari borligini aytib, mansabdor tanishlari orqali uni kelgusida mazkur fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 39 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda mashinist oldindan 25 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!