Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Kiyevga hujum qilishi mumkin

Eron Kiyevga hujum qilishi mumkin

Eron Ukraina poytaxti Kiyevga dronlar yoki raketalar yordamida zarba berishi mumkin.

Bu haqda Al Jazeera telekanali manbalaorga tayanib xabar bermoqda.

Kanal bunday zarba texnik jihatdan mumkin ekanligini ta’kidlaydi, chunki Tehron va Kiyev o‘rtasidagi masofa 2000 kilometrdan kam, bu esa Eron dronlari va raketalari yetib borishi mumkin bo‘lgan masofada joylashgan.

Bu imkoniyat Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Kaspiy dengizida Ukraina harbiylarining Eron savdo kemasiga hujumini qoralab, bu javobsiz qolmasligini aytganidan keyin muhokama qilindi.

Avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligi Ukraina Kaspiy dengizida Eron savdo kemasiga hujum qilganini, natijada bir ekipaj a’zosi halok bo‘lganini va ikki kishi yaralanganini ma’lum qilgan edi. Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy o‘z navbatida Telegramda Ukraina qurolli kuchlari Erondan Rossiyaga harbiy yuklarni tashish uchun ishlatiladigan Kaspiy dengizidagi kemalarga zarba berganini yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!