Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning amaldagi hukumati yakshanba, 2 avgust kuni iste’foga chiqishini e’lon qildi.
"Bu bizning amaldagi hukumat bilan oxirgi majlisimizdir. To‘qqizinchi Milliy assambleya va yangi hukumat shakllanayotgani sababli konstitusiyaga muvofiq, biz iste’foga chiqamiz", — dedi Pashinyan 30 iyul kuni o‘tkazilgan hukumat majlisda.
Hukumat tarqatilgach, mamlakat prezidenti parlamentdagi ko‘pchilik, hukmron “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi ko‘rsatgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi. Armanistonda 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi parlament saylovlarida amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyan yetakchiligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi g‘alaba qozongandi.
Saylov ko‘ra, Pashinyanning hukmron partiyasi qariyb 54 foiz ovoz to‘plagan. Rossiyaparast milliarder Samvel Karapetyan boshchiligidagi “Kuchli Armaniston” partiyasi 21 foiz ovoz olgan bo‘lsa, sobiq prezident Robert Kocharyan boshchiligidagi “Armaniston ittifoqi” 8,7 foiz ovoz yig‘gan.