Telegram asoschisi o‘zining akkauntida joylagan suratda "terrorchilarning sherigi" degan yozuv bilan Durovning o‘zi, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qo‘l berib ko‘rishayotgan va ostiga "hurmatli hamkorlar" deya yozilgan "Tolibon" vakillari tasvirlangan.
Bundan tashqari, Durov keyinroq uni Telegram'da ommaviy kuzatuv va senzura bo‘yicha Rossiyaning talablarini bajarishdan bosh tortgani uchun “terrorchilar va ekstremistlar” reestriga kiritishganini yozib qoldirdi.
"Rossiya qonunlariga ko‘ra, menga internetda biror narsa e’lon qilish taqiqlangan. Rossiya amaldorlari internetda kim kimni taqiqlashi mumkinligi borasida yaqqol adashib qolishgan", — deya ta’kidladi u.
Kecha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Pavel Durovni terrorizmga ko‘maklashish ayblovi bilan xalqaro qidiruvga bergandi. Bugun esa Telegram asoschisi Rosfinmonitoringning “terroristlar va ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritildi.