Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyaning Ukrainaga hujumidan so‘ng Polsha hududiga noma’lum ob’ekt uchib kirdi

Rossiyaning Ukrainaga hujumidan so‘ng Polsha hududiga noma’lum ob’ekt uchib kirdi


​Rossiyaning 30 iyulga o‘tar kechasi Ukrainaga uyushtirgan ommaviy hujumi chog‘ida Polsha hududiga noma’lum ob’ekt uchib kirib, Lyublin viloyatidagi Tarnava-Koloniya aholi punkti yaqiniga tushgan. Bu haqda Polsha Qurolli kuchlarining operativ qo‘mondonligi ma’lum qildi.

​Polsha harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, ob’ekt mamlakat havo hududida soat 03:40 da aniqlangan. Uni tanish va tutib qolish uchun F-16 qiruvchi samolyoti yuborilgan, biroq oradan oltmish soniya o‘tib u radarlardan yo‘qolgan. Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun voqea joyiga Mi-24 vertolyoti yo‘naltirilgan.

​"Vertolyot ekipaji ob’ektning ehtimoliy tushish joyini Lyublin viloyatidagi Tarnava-Koloniya aholi punkti yaqinidagi ochiq hududda aniqladi. Joyga quruqlikdagi qidiruv-qutqaruv guruhi va tegishli xizmatlar yuborildi", — deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

​Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Polsha chegarasini Rossiyaning X-101 qanotli raketasi kesib o‘tganini aytdi. Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi 30 iyul ertalab Rossiya Ukraina bo‘ylab 61 ta X-101 qanotli raketasini uchirgani va ulardan 54 tasi urib tushirilganini xabar qilgan edi. Hukumatning ismi oshkor qilinmagan vakili Wirtualna Polska nashriga "barcha narsa bu Rossiya raketasi ekanini ko‘rsatayotganini" bildirgan. Polsha rasmiylari esa mamlakat hududiga Rossiya raketasi tushgani haqidagi xabarlarga hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.

​Ichki ishlar xodimlari Tarnava-Koloniya va Tokari aholi punktlari oralig‘idagi dalada o‘ra va "noma’lum ob’ekt bo‘laklari"ni topgan. Hudud polisiya tomonidan o‘rab olingan, voqea joyida prokuratura xodimlari ham ishlamoqda. Rzeczpospolita nashri viloyat yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib yozishicha, o‘raning diametri qariyb 10 metrni tashkil etadi.

​"Bu Ukraina havo mudofaasini mustahkamlash hozirda juda zarur ekani va butun Yevroatlantika hamjamiyati xavfsizligining kafolati ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlaydi", — deb yozdi Sibiga X tarmog‘ida.

"Rossiya raketalarining Polshaga uchib kirishi, shuningdek, ikki mamlakatimiz uchun har ikkala xalqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotgan umumiy va azaliy dushmanga qarshi turishdan ko‘ra muhimroq vazifa yo‘qligini eslatadi. Bu shafqatsiz urush davrida boshqa siyosiy kelishmovchiliklar bir chekkaga surib qo‘yilishi kerak", — deb ta’kidlagan Sibiga.

Kiritildi: 21:18 30.07.2026. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!