Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Ukrainaga ogohlantirish berdi

AQSh Ukrainaga ogohlantirish berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga Qora dengizda Rossiyaga tegishli bo‘lmagan kemalarga hujum qilish mumkin emasligi haqida ogohlantirish berdi. Bu haqda "The Wall Street Journal" AQSh rasmiysiga tayanib xabar qildi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bundan oldin "Chevron" kompaniyasi bosh direktori Mayk Virt AQSh ma’muriyati vakillari bilan Ukraina mojarosi sharoitida kompaniyaning Qozog‘istondagi aktivlarini himoya qilish masalasini muhokama qilgan.

Bunga Qora dengizning Novorossiysk porti yaqinida to‘rtta tankerga qilingan hujumlar sabab bo‘lgan.

Ulardan biri "Chevron" tomonidan ijaraga olingan edi. Novorossiyskda Qozog‘iston neftini jahon bozoriga olib chiquvchi Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK)ning dengiz terminali joylashgan.

KTK aksiyalarining 15 foizi "Chevron" kompaniyasiga tegishli. AQSh kompaniyasi, shuningdek, Qozog‘istondagi Tengiz konida 50 foizlik ulushga ega. KTK orqali jahondagi kunlik neft yetkazib berish hajmining qariyb 2 foizi tashiladi.

Avvalroq Qozog‘iston TIV 17 va 19 iyulda Qora dengizda KTK orqali neft tashishda ishtirok etgan fuqarolik kemalariga uchuvchisiz apparatlar bilan qilingan hujumlarni keskin qoralagan edi.

Vazirlik buni Qozog‘istonning iqtisodiy manfaatlariga tajovuz, xalqaro savdo va jahon energetika bozorlarini beqarorlashtirishga qaratilgan harakat deb baholadi.

Ostona hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Qozog‘iston yetkazilgan zararni baholamoqda va uning natijasiga ko‘ra tovon talab qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.

20 iyul kuni NELSA tankeriga dron hujum qilganidan so‘ng KTK terminalida neft yuklash ishlari yana to‘xtatildi.

Kemada yong‘in kelib chiqqan, ammo u o‘chirilgan va neft dengizga to‘kilmagan. KTK aksiyadorlari orasida AQShning "Chevron" va "ExxonMobil" kompaniyalari ham bor.

Rossiya hujumlarda Ukrainani aybladi. Kiyev esa KTK terminalidagi tankerlarga qilingan ushbu hujumlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!