AQShning Ukrainaga Patriot raketa-tutqichlarini ishlab chiqarish uchun lisenziya berishga tayyorligi Kiyevda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yetarli bo‘lmadi. Asosiy muammolardan biri — raketa texnologiyalarida ishtirok etuvchi Boeing kompaniyasining ayrim texnologiyalarni boshqa davlatlarga berishga tayyor emasligi.
Polsha Patriot raketalarini o‘z hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Ukraina hamda AQSh bilan uch tomonlama hamkorlik qilishni taklif qilmoqda. Biroq texnologiyalar transferi masalasi hal etilmasa, loyihani to‘liq amalga oshirish qiyin bo‘ladi.
Mutaxassislar Ukrainada bunday ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha yil talab qilinishi mumkinligini ta’kidlamoqda.