Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva: "Odamlar dod deganicha bor"

Saida Mirziyoyeva: "Odamlar dod deganicha bor"

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga tashrif buyurdi.

"Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur.

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi.

Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.

Saida Mirziyoyeva: "Odamlar dod deganicha bor"

Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday ob’ektlarni to‘liq inventarizasiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi", deydi u.

Kiritildi: Bugun 12:47. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!