Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijon viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlari sotgan 2 ta AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Andijon viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlari sotgan 2 ta AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

«O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “J. B. O” MCHJ va “X. O.” MCHJga tegishli 2 ta avtomashinalar yonilg‘i quyish shaxobchasida (AYOQSh) 4 509 litr Ai-80 markali avtobenzin hamda 5 356 litr dizel yonilg‘isi davlat standartlari talablariga javob bermasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan, realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan mazkur AYOQShlarda aniqlangan qoldiq holda saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 15:52 14.08.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!