Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijon viloyati hokimi fan-klub a’zolarini Eronga kuzatib yubordi

Andijon viloyati hokimi fan-klub a’zolarini Eronga kuzatib yubordi

Bugun JCH-2026 saralashi doirasida milliy terma jamoamiz Tehronda Eronga qarshi nihoyatda juda muhim o‘yinini o‘tkazadi.

Bugun shunday kunki, agar barchasi biz o‘ylagandek amalga oshsa va O‘zbekiston Erondan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘lsa, tarixda ilk marotaba mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin. Bunday muhim pallada futbolchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ruhiy dalda berish har qachongidan muhim hisoblanadi.

Shu maqsadda dunyoga dong‘i ketgan, o‘tgan yili Parij Olimpiadasida sportchilarimizni o‘zining ajoyib qo‘llab-quvvatlashi bilan yorqin iz qoldirgan "Andijon" fan-klubi endi Tehrondagi mashhur "Ozodiy" stadionida ham terma jamoamizga katta "podderjka" beradi.

Bugun ertalab "Andijon"ning 200 dan ziyod muxlislari Andijon aeroportidan charter reys orqali Eron poytaxti Tehronga jo‘nab ketdilar.

Safar oldidan shaxsan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov fan-klub a’zolariga oq yo‘l, terma jamoamizga muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilagan holda kuzatib qo‘ydi.

"Andijon" ishqibozlarining "Ozodiy" stadionida o‘zgacha qo‘llab-quvvatlashi shubhasiz terma jamoamizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eron-O‘zbekiston bahsi bugun 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:03 25.03.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!