Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Yorboshi” MFY hududidagi savdo do‘konida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 44,7 mln so‘mlik jami 3 249 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.