Karlo Anchelotti YECHL o‘tish bosqichidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan raqib ustozi Pep Gvardiola haqida gapirib, hazillashdi.
«Pepni hamon fantastik murabbiy deb hisoblayman. Unga qarshi o‘ynayverishdan charchadim, ammo uni yana ko‘rishdan xursand bo‘laman.
Bu — fantastik futbolchilarga to‘la ikki jamoaning o‘zaro o‘yini», — deydi madridliklar ustozi.
«Real» — «Manchester Siti» o‘yini 20 fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Manchesterdagi bahsda Madrid klubi 3:2 hisobida ustun kelgan.