Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"An-Nasr" shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi

"An-Nasr" shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi

"An-Nasr" "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirayotgani, ammo kataloniyaliklarda moliyaviy muammolar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Dias 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali Diasning narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:48 31.05.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!