Hujumchi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ni 2027 yilning yozida, jamoa bilan shartnomasi tugagach tark etmoqchi.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Saudiya Arabistoni portugaliyalikni "An-Nasr"dagi ulushini 15 foizga yetkazish orqali klub xo‘jayini sifatida mamlakatda olib qolishga urinib ko‘rishi mumkin. Liga Ronaldu ketgan taqdirda jahon hamjamiyatining qiziqishi keskin pasayib ketishining oldini olish bo‘yicha rejalarni o‘rganmoqda.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida "An-Nasr"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda forvard Saudiya Arabistoni klubi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.