Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yuzdan ortiq kompaniya vakillari bilan birgalikda sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Mazkur Kengashning tashkil etilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda. Bu yuksak ishonch uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbekistonga qaratayotgan e’tibori va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett xonim hamda Serdjio Gorga ham alohida rahmat aytaman", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

U oldimizdagi asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investisiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish ekanligi, AQSh bilan hamkorlikni rivojlantirishdan ko‘zlagan maqsadimiz ham shu ekanligini ta’kidlandi.

Kiritildi: 17:19 20.10.2026. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!