Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Alonso Vinisiusdan nimalar kutayotganini aytdi

Alonso Vinisiusdan nimalar kutayotganini aytdi

«Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning jamoadagi roli haqida fikr bildirdi.

«Men uning yaxshi o‘ynayotganini ko‘ryapman, lekin biz undan hal qiluvchi bo‘lishini kutyapmiz. Vinisiusda bunday sifat bor – u kutilmagan harakatlarga boy. U kayfiyat bilan o‘ynasa va o‘ziga mos o‘yin ko‘rsatsa, jamoaga juda katta yordam beradi», – deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Ge.Globo.

Vinisius 2018 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol va 18 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 18:01 22.06.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!